Aloqa 

Tel: +99897 996-18-17 

 Manzil: Andijon viloyati . Buloqboshi tumani .Neftprom shaxarchasi. Saidobod 1

Umumiy ma`lumotlar

Geografiyasi va iqlimi

Andijon viloyati shimoliy-sharqdan va Janubdan Qirg’iziston Respublikasi bilan, g’arbdan Farg’ona viloyati va shimoliy-g’arbdan Namangan viloyati bilai chegaradosh.
Viloyatning iqlimi keskin kontinental, quruq. Tog’ tizmalari Farg’ona vodiysiga sovuqhavoning kirib kelishini to’sib turganligi bois, qishda ob-havo bir muncha mo’’tadil. Yozi issiq, iyulning o’rtacha harorati 27.3 °S, qishi nisbatan sovuq, yanvarning o’rtacha harorati -3 °S. Vegetatsiya davri 217 kun, yillik o’rtacha yog’in miqdori 200-250 mm. nitashkil etadi.
Tuproqlari bo’z, qo’ng’ir, o’tloqi, botqoq tuproqlar, qumtosh, mergel chaqirtoshlardan iborat bo’lib, ekin ekilmaydigan tekisliklar qismida turli o’simliklar, tog’ yon bag’irlarida pista, bodom o’sadi. Yovvoyi hayvonlar (bo’ri, tulki, qobon va boshqalar) kam uchraydi, sudraluvchilar, kemiruvchilar, qushlar, suv xavzalarida baliqlar bor.
Viloyat markazi Andijon shahri - Farg’ona vodiysining eng katta, O’zbekiston Reepublikasnning esa, Toshkent, Samarqanddan keyingi uchinchi shahri hisoblanadi. Shahar dengiz satxidan 450 metr balandlikda, Andijonsoy qirg’oklari bo’ylab joylashgan.

Tabiat resurslari 
Andijon viloyati O’zbekistonning boshqa viloyatlariga nisbatan suv resurslariga boyligi, ya’ni daryolardan, tog’lardash ko’p yillik qor va muzliklardan suv olib turishi bilan ajralib turadi. Asosiy daryosi - Qoradaryo(Sirdaryo irmoklaridan biri) bo’lib, uning irmoqlari - Maylisuv, Oqbo’ri, Aravonsoy va boshqalar. Ushbu daryo bo’yidan olinadigan shag’al va qumlar viloyatda olib borilayotgan qurilish ishlarida keng foydalanilmokda.
Viloyatda qishloq xo’jaligida o’zlashtirilmagan 3 ming gektar bo’z erlar, 21,5 ming gektar yaylovlar va 1,5 ming gektar meliorativ xolatidagi qurilish erlar jami 26 ming gektar erlar, adirliklar va yaylovlar mavjud. Kelajakda ushbu erlarga ishlov berilib, adirliklarga suv chiqarish uchun nasos stantsiyalari o’rnatilishi va bog’lar barpo qilinishi qishloq xo’jalngi sohasini sezilarli darajada rivojlanishiga omnl bo’ladi.

Mineral resurslari
Neft va gaz viloyat mineral xom-ashyo manbalarinnng asosiy qismini tashkil qiladi. Hozirgi kunda “Andijon”, “Jaiubiy Olamushuk”, “Polvotosh”, “Xo’jaobod” kabi 8 ta neft va neft-gaz konlari ishlamoqda.
Bundan tashqari, viloyatda g’isht, ohak va boshqa qurilish maxsulotlari ishlab chiqarish uchun etarli xom-ashyo zaxirasi mavjud. Viloyatda 40 ta ohak va 36 tadan ortik g’isht ishlab chiqarish korxonalari faoliyat yuritmoqda. Ushbu korxonalarning to’la quvvatda ishlashiga erishish orqali viloyatimizning g’isht va ohakka bo’lgan talabi to’lik qondiriladi.

Ma’muriy-hududiy tuzilshi 
Viloyatda 3 ta viloyatga va 8 ta tumanlarga bo’ysunuvchi shaharlar, 14 ta tumanlar, 5 ta shaharcha, 95 ta qishloq fuqarolar yig’inlari, 536 ta aholi yashash punktlari mavjud. Andijon viloyati tabiat, mineral, madaniyat va boshqa resurqlarga boyligi bilan ham boshqa  viloyatlardan ajralib turadi.  Ushbu resurqlardan foydalanish natijasida   viloyat   iqgisodiyotining   barqaror   rivojlanishiga erishilmoqda.

 

 

Design by: www.diablodesign.eu