O‘zbekiston va Turkmaniston Prezidentlari muloqotni ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokida davom ettirdilar.
Unda asosiy e’tibor ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalariga qaratildi.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati xabar qildi.
Savdo aloqalarida erishilayotgan natijalardan mamnunmiz. Joriy yilning birinchi choragida mamlakatlarimiz o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 55 foiz o‘sdi. Bu o‘tgan yilgi kelishuvlarimiz natijasidir. Bu sur’atni saqlab qolish va yanada oshirish muhim, dedi Shavkat Mirziyoyev.