O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 4-aprel kuni aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari ko‘rsatish borasidagi ishlar tahlili va galdagi eng muhim vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Ilgari tadbirkorlikni yo‘lga qo‘ymoqchi, biror firma yoki korxona ochmoqchi bo‘lgan odam hujjat to‘g‘rilash jarayonida sarson-sargardon bo‘lardi. Notarius, arxiv yoki kadastr idorasidan, gaz, elektr, suv ta’minoti tashkilotidan yoki mahalladan oddiy bir ma’lumotnoma olish uchun ham ba’zan kun bo‘yi navbatda turishga to‘g‘ri kelardi.
G‘alla parvarishida boy tajribaga ega dehqonlar ob-havo noqulay kelayotgan bu yilgi sharoitda ham yuqori hosildorlikka erishish uchun zarur agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida sifatli amalga oshirishga harakat qilayotir. Buning uchun hududlardagi to‘rt sektor rahbarlari mas’uliyati oshirilib, barcha dala yumushlarini samarali tashkil etish yuzasidan chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilgan. Hududlarda shtablar, mahalliy o‘g‘it tashib chiqarish otryadlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. O‘g‘it jamg‘arish va maysazorlarga chiqarish fermer xo‘jaliklari kesimida belgilangan reja asosida olib borilmoqda.
Читать далее