Aloqa 

Tel: +99897 996-18-17 

 Manzil: Andijon viloyati . Buloqboshi tumani .Neftprom shaxarchasi. Saidobod 1



– Suv taqchil kelayotgan bu yilgi sharoitda g‘allazorlarni mahalliy o‘g‘it bilan me’yorida oziqlantirib, sharbat usulida sug‘orish dalada namgarchilikni uzoq saqlab, maysaning yaxshi rivojlanishiga ko‘maklashadi, – deydi viloyat fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi Sh.Boyqulov. – Maysalar zararkunandalarga chidamli, hosili esa mo‘l bo‘ladi. Suv resurslari tejaladi. Dehqonlarimizning ko‘p yillik tajribasida sinovdan o‘tgan bu usulni qo‘llash uchun fermerlarga barcha sharoit yaratilgan. Reja-jadval asosida fermer xo‘jaliklarining har gektar maydoniga kamida 5 tonnadan mahalliy o‘g‘it chiqarilmoqda. Bu yumushlarning o‘z vaqtida sifatli bajarilishi “G‘alla parvarishida favqulodda holat” davrini muvaffaqiyatli o‘tkazishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Mutaxassislarning fikricha, maysalar turli kasallik va zararkunandalardan o‘z vaqtida himoya qilinmasa, hosildorlikka jiddiy zarar yetkazadi. Natijada mo‘ljaldagi hosil cho‘g‘i kamayib, donning sifati pasayadi. Shu bois viloyatda turli hasharot va zararkunandalarga qarshi kurashishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Denov tumanidagi g‘alla maysalari bir tekis ko‘kka bo‘y cho‘zmoqda. G‘allazorlarni sharbat usulida sug‘orib, oziqlantirishga alohida e’tibor qaratilayotir. Ekinni har xil zararkunanda va kasalliklardan asrash choralari ko‘rilmoqda. 

Tumandagi “Obod yurt ne’mati” fermer xo‘jaligi 40 gektarga yaqin yerda dehqonchilik qilmoqda. Xo‘jalik dehqonlari ekin maydonining 12 gektarida mahalliy iqlimga mos, serhosil “Grom” navli g‘alla yetishtirayotir. Maysa hozirgacha to‘rt marta sug‘orildi.

– Don – rizq-ro‘zimiz, farovon, to‘kin hayotimiz manbai, – deydi fermer xo‘jaligi rahbari O‘.Yangiboyev. – Bu yil qish va bahor fasllarida yog‘ingarchilik nisbatan kam bo‘lgani maysa rivojiga o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Endi mo‘ljaldagi hosilni to‘plash uchun tajribali g‘allakorlar tavsiyasi asosida ish yuritmoqdamiz. Sharbat usulida sug‘orish, oziqlantirish ishlari agrotexnik tadbirlar asosida tashkil etalayotir. Yetarli miqdorda mahalliy o‘g‘it jamg‘arilib, peshma-pesh dalaga chiqarilmoqda. Maysalarni zararkunanda va hasharotlardan o‘z vaqtida himoya qilish choralari ko‘rilmoqda. 

Sariosiyo, Qumqo‘rg‘on, Jarqo‘rg‘on kabi tumanlarda ham barcha dala yumushlari o‘z vaqtida amalga oshirilayotgani maysaning bir tekis rivojlanishida muhim omil bo‘lmoqda.

UzA

 

 

Design by: www.diablodesign.eu