Aloqa 

Tel: +99897 996-18-17 

 Manzil: Andijon viloyati . Buloqboshi tumani .Neftprom shaxarchasi. Saidobod 1

Viloyatning 3644 nafar fermer xo‘jaligi g‘allakorlari 86,5 ming gektar maydonga ekilgan g‘allani 25 ish kunida yig‘ishtirib oldilar. 

Bunday g‘alaba muhtaram Prezidentimizning joriy yil 13 aprel kuni viloyatimizga qilgan tashrifida viloyat faollariga qarata «Avlodlarga, elga, Vatanga, farzandlarga sadoqat bilan xizmat qilishda Sirdaryo namunasi tashabbusi bilan chiqsalaringiz men sizlardan rozi bo‘laman» degan da’vatidan ilhomlangan holda qo‘lga kiritildi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. 

Shu o‘rinda, sirdaryolik fermerlarimizning yangi zamonaviy o‘rim kombaynlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidan yordamga kelgan o‘rim kombaynlari tomonidan o‘rilgan g‘alla viloyatning shartnomaviy rejasini sharaf bilan uddalanishida katta hissa qo‘shganligini alohida e’tirof etamiz.

Viloyatimiz mirishkorlari tomonidan og‘ir iqlim va yer sharoiti bo‘lishiga qaramasdan belgilangan reja bajarilib, viloyat qishloq xo‘jaligi tarixida birinchi marotaba o‘rtacha 50 sentnerdan hosildorlikka erishildi. 

Shartnoma rejasining qisqa kunlarda bajarilishida Xovos, Sayxunobod, Boyovut va Sirdaryo tumanlarining omilkor dehqon va fermerlari birinchilardan bo‘lib jonbozlik ko‘rsatgani muhim omil bo‘ldi.

Ayniqsa, yuqori hosildorlikka erishgan Boyovut tumanidagi «Sanjarbek Jo‘raev» va «Abdumavlon Doniyorov» fermer xo‘jaliklari har gektar maydondan o‘rtacha 85-90 sentnerdan xirmon ko‘tardilar, shuningdek, Sirdaryo tumanidagi «Omonboy o‘g‘li Tugal» va «Malek bobo» fermer xo‘jaliklari hosildorlikni 80 sentnerga, Sayxunobod tumanidagi «Chuchuk suv bo‘yi» va «Nurmurod o‘g‘li Ilyos» fermer xo‘jaliklari jamoasi 75-80 sentnerga, Xovos tumanidagi «Xovos sara don» va «G‘ulomjon bog‘lari» fermer xo‘jaliklari dehqonlari 75 sentnerlik hosildorlikka erishdilar.

Bunday natijalarga erishishimiz Yurtboshimiz aytganidek, «Sirdaryoda dexqonchilik Akademiyasi»ni yaratgan yuqoridagi kabi mirishkor dehqonlarimizning fidokorona mehnatlari mahsulidir.

Davlat shartnomaviy rejasining bajarilishiga I.Iminov, Q.Xo‘jamqulov, N.Xo‘jaaxmedov hamda N.Berdiyarov kabi zahmatkash kombaynchilarimiz kuniga 100-120 tonnadan g‘alla donini o‘rib, o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shdilar.

 

UzA

 

Design by: www.diablodesign.eu